1

​Buxoro viloyati hokimligi buzilayotgan uylar yuzasidan bayonot berdi

Jamiyat 16.02.2017, 16:48
Teglar: OAV
​Buxoro viloyati hokimligi buzilayotgan uylar yuzasidan bayonot berdi

15 fevral 2017 yilda ayrim xorijiy OAVlar “Hukumat uy buzish uchun yozni kutmadi” degan noto`g`ri xabarni tarqatdi. Ushbu noto`g`ri xabarda ko`tarilgan masala yuzasidan Buxoro viloyati hokimiyati axborot hizmati aniqlik kiritish maqsadida xaqiqiy vaziyat bilan bog`liq quyidagi axborotni ma`lum qilishga qaror qildi.

Shuni ma`lum qilamizki, 2017 yil yanvar oyi davomida goda O`zbekiston Respublikasi hukumati hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga, tumanlar va shaharlarni obodonlashtirish bilan bog`liq chora-tadbirlarni amalga oshirishga qaratilgan bir qator qarorlarni qabul qildi.

Shu jumladan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Buxoro viloyatining aholisi salomatligi hamda turmush darajasini yanada yaxshilash maqsadida 20 yanvar 2017 yil qaror qabul qilgan.

Shu qarorni bajarish doirasida Olot tumani hokimligi tomonidan tuman hududini obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Shu asnoda hokimlik tomonidan hududdagi ko`p kvartirali uy-joylar atroflarida fuqarolar tomonidan noqonuniy qurilishlarni bartaraf etish, uy-joylarni shaharsozlik va yong`in xavfsizligi normalariga moslashtirish maqsadida ishchi guruhlari tuzilib, ish faoliyatini boshlash bo`yicha ko`rsatmalar berilgan.

Ishchi guruhlari tumandagi “Bunyodkor”, “Nonimas” mahalla fuqarolar yig`inlarida ko`p kvartirali uylar atroflarida qurilgan kadastrda rasmiylashtirilmagan molxonalar, hojatxonalar, omborchalar hamda boshqa qo`shimcha qurilgan binolarni buzish ishlarini olib borgan.

Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo`shimcha qurilishlari shaharsozlik norma va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari bergan.

Shuni alohida ta`kidlash joizki, ishchi guruhining faoliyati davrida fuqarolar yashash uylarining birortasi buzilmagan. Faqatgina, ko`p kvartirali uylarga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo`shimcha binolar bartaraf qilingan.

Hozirgi vaqtda ob-havoning noqulay kelishi munosabati bilan noqonuniy qurilmalarni bartaraf etish ishlari vaqtincha to`xtatilgan, deya xabar berdi Buxoro viloyati hokimiyati axborot hizmati.

Sharhlar

2021 yilda dunyo bo`yicha nechta jurnalist o`ldirilgani ma`lum qilindi

03.01.2022, 15:38

2021 yil yakunlariga ko`ra, dunyo bo`yicha 45 nafar jurnalist o`ldirilgani ma`lum qildi. Bu haqda Xalqaro jurnalistlar federasiyasi ma`lum yil yakunlari bo`yicha bergan hisobotida aytib o`tdi. Ma`lum...
OAV xodimlari badminton bo`yicha musobaqa o`tkazildi

25.12.2021, 21:45

Xabar berganimizdek, bugun mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan ommaviy axborot vositalari xodimlari o`rtasida badminton musobaqasi o`tkazildi.Turizm va sport vazirligi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqa jurnalistlar va...
Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi

17.09.2021, 12:26

Prezidentlikka nomzodlarning OAVda chiqish tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasining kotibi  Xudoyor Mamatov ma`lum qildi.Unga ko`ra, saylovoldi tashviqoti davrida O`zbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzodlarning ommaviy axborot...
Sog`liqni saqlash vazirligi jurnalistlardan har bir jarayonga xolis yondashishni so`radi

06.11.2019, 18:36

Sog`liqni saqlash vazirligi Ommaviy axborot vositalari vakillaridan har bir jarayonga, bildirilgan munosabatga nisbatan xolis yondashishlarini so`radi.Bugungi kunda yurtimizda demokratik islohotlarni jadallashtirish, barcha sohalarda shaffoflikni ta`minlashga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1