15 fevral kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Madaniyat va sport sohasida boshqaruv tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida farmon imzoladi.
Madaniyat va sport sohasidagi boshqaruv tizimini takomillashtirish, mazkur sohada O`zbekiston xalqining boy va o`ziga xos madaniyati, san`ati va ijodiyotini yanada rivojlantirishni ta`minlashga yo`naltirilgan davlat siyosatini amalga oshirish samaradorligini tubdan yuksaltirish, aholi keng qatlamlari orasida ma`naviy-axloqiy kamolot va sog`lom turmush tarziga intilishni kuchaytirish maqsadida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatildi.
Uning negizida O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda O`zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tashkil qilinadi.