AsosiyJamiyat

O`zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tashkil etildi

'O`zbekistonda Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tashkil etildi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek Prezident farmoni bilan O`zbekistonda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, uning negizida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tashkil etildi.

Qo`mita faoliyatining asosiy vazifa va yo`nalishlari etib quyidagilar belgilandi:

– jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi keng qatlamini sport bilan shug`ullanishga va sog`lom turmush tarzini yuritishga jalb etish, jismonan sog`lom avlodni tarbiyalash, sport industriyasi va infratuzilmasini rivojlantirish, mamlakatimizning xalqaro sport maydonlaridagi yutuqlarini targ`ib qilish va uning keng e`tirof etilishiga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

– mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, jismoniy tarbiya va sport jamiyatlari, ta`lim muassasalari, jamoat tashkilotlari bilan birgalikda aholi, ayniqsa, yoshlar, xotin-qizlar, keksalar, qishloq aholisi o`rtasida sport hamda jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishni ommalashtirish borasida keng ko`lamli ishlarni tashkillashtirish, shaharlar va tumanlarda ommaviy sport tadbirlari, milliy sport turlari bo`yicha xalq o`yinlari va musobaqalarini muntazam o`tkazib borish;

– bolalar, ayniqsa, qizlarni sport bilan muntazam shug`ullanishga keng jalb etgan holda, bolalar sportini har tomonlama rivojlantirish, bolalar sport ta`limi sifatini oshirish, barcha hududlarda, jumladan, qishloq va olis tumanlarda bolalar sport ob`ektlari tarmog`ini yanada kengaytirish, uch bosqichli “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va Universiada musobaqalari o`tkazilishini tashkil qilish, buning asosida bolalar sog`lig`ini mustahkamlash va ularning jismonan barkamol rivojlanishini ta`minlash;

– Milliy olimpiya qo`mitasi, sport turlari bo`yicha federasiyalar va assosiasiyalar bilan birgalikda iste`dodli va istiqbolli sportchilarni tanlash, tayyorlash va mahoratini oshirishning uzluksiz tizimini takomillashtirish, ularning Olimpiya va Osiyo o`yinlarida, jahon va Osiyo chempionatlarida, boshqa nufuzli xalqaro musobaqalar va turnirlarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta`minlash uchun sifatli sport zaxirasi va mamlakat terma jamoalari tarkiblarini shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;

– mamlakatimizda professional sportni rivojlantirish, ilg`or xalqaro tajribani hisobga olgan holda, sport tayyorgarligi jarayoniga zamonaviy texnologiyalar joriy etilishi, sport turlari bo`yicha milliy chempionatlar darajasi va sifatini oshirish, xalqaro va mintaqaviy musobaqalar tashkil etish, nosog`lom sport raqobatiga va taqiqlangan preparatlar ishlatilishiga qarshi tizimli choralar ko`rishni rag`batlantirish;

– jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish va sport tashkilotlari, ob`ektlari va inshootlarining ommaviy sport, bolalar sporti va professional sport yo`nalishlari bo`yicha moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va mustahkamlash, ulardan maksimal darajada va samarali foydalanishni ta`minlash, sport asbob-uskunalari hamda inventarlarini mamlakatimizda ishlab chiqarishni tashkil etish va kengaytirish bo`yicha takliflar ishlab chiqishda qatnashish;

– jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, jismoniy tarbiya-sog`lomlashtirish hamda sport tashkilotlarini, ta`lim va sport-ta`lim muassasalarini yuqori malakali murabbiylar va boshqa sport mutaxassislari bilan ta`minlash;

– sport sohasida davlatlararo va xalqaro sport aloqalarini kengaytirish hamda mustahkamlash, jismoniy tarbiya va sport sohasiga xorijiy investisiyalar va grantlar jalb etish borasidagi ishlarni tashkil qilish, ommabop sport dasturlarini tashkil etishga ko`maklashish, jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid ommaviy adabiyotlar chop etish, video va kino materiallar tayyorlash.Avval xabar berganimizdek Prezident farmoni bilan O`zbekistonda Madaniyat va sport ishlari vazirligi tugatilib, uning negizida Jismoniy tarbiya va sport davlat qo`mitasi tashkil etildi.


    Boshqa yangiliklar