1

​Qiymati 34,5 mln. so`mlik 45 dona uyali aloqa vositalarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar aniqlandi

Jamiyat 17.02.2017, 12:09
Teglar: Jinoyat
​Qiymati 34,5 mln. so`mlik 45 dona uyali aloqa vositalarini noqonuniy olib kirishga uringan shaxslar aniqlandi

Amaldagi tartiblarga muvofiq, bojxona chegaralarini kesib o`tayotgan jismoniy shaxslar o`zlari bilan olib o`tayotgan tovarlar haqida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimining og`zaki so`rovlari paytida ma`lum qilishlari shart. Afsuski, mazkur talablarga rioya ilmay tovar-moddiy boyliklarni yashirin yo`llar bilan olib kirishga urinishlar ham ko`zga tashlanmoqda, deya xabar beradi Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati.

O`zbekiston Respublikasi hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig`i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me`yorlariga muvofiq umumiy og`irligi 30 grammdan ortiq bo`lmagan qimmatbaho toshlar va qimmatbaho metaldan tayyorlangan 5 donagcha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Qolaversa. bojxona chegaralarini kesib o`tish paytida to`ldiriladigan yo`lovchi bojxona deklarasiyasida olib o`tilayotgan qimmatbaho zargarlik buyumlarining miqdori aniq ko`rsatilishi shart.

Shunga qaramay Toshkent xalqaro aeroportida Istanbuldan uchib kelgan fuqarolar Otabaeva va Sotiboldievalar (maqoladagi barcha ism shariflar o`zgartirilgan) mazkur tartiblarni buzishga urinishdi. «Toshkent-Aero» ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi xodimlari tomonidan ushbu shaxslar bojxona ko`rigidan o`tkazilganda, ularning qing`ir qilmishlari fosh etildi.

Jumladan fuqaro Sotiboldieva yo`lovchi bojxona deklarasiyasida va bojxona xodimlarining og`zaki so`rovi paytida ma`lum qilmasdan turib, 294 gr. og`irlikdagi tilla va kumushdan tayyorlangan 87 dona zargarlik buyumlarini qo`l yuklari orasiga yashirgan holda olib kirishga uringan paytda to`xtatib qolindi.

Uning hamrohi Otaboevaga esa bojxonachilarning ko`zini shamg`alat qilishga urinib, 61 gr. og`irlikdagi 10 dona tilla taqinchoqlarni egnidagi kiyimlarining cho`ntaklariga yashirgancha olib o`tish rejasi naf bermadi.

Shuningdek, poytaxt aeroporti bojxonachilari “Seul-Toshkent” reysi bo`yicha parvozini yakunlagan fuqaro Bahromovning noqonuniy harakatlariga chek qo`yishdi. Ushbu shaxs ham bojxona nazoratidan yashirgancha 3 turdagi 35 dona qo`l telefonlarini olib kirishni ko`zlagan edi. Ammo, bu reja o`z vaqtida chipakkka chiqarildi.

Xuddi shunday holat Farg`ona viloyati bojxonachilari tomonidan ham aniqlandi. Chegaradosh hududda harakatlanayotgan Neksiya avtomashinasi o`rnatilgan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirilganda, er-xotin Sodiqovalar qiymati 34,5 mln. so`mlik 5 turdagi 45 dona uyali aloqa vositalarini bellariga bog`lab olgancha, qo`shni davlatdan olib kirishga urinishgani aniqlandi.

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasi hududiga radioelektron vositalari va yuqori chastotali qurilmalarni keltirish to`g`risidagi tartiblarga muvofiq shaxsiy foydalanish uchun mo`ljallangan 1 donadan ortiq uyali aloqa vositalarini olib kirish Elektromagnit moslashuv markazining ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1