O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Mamnun Husaynga va do`st Pokiston xalqiga Sind muzofotining Sexvan-Sharif shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida ko`plab insonlarning nobud bo`lgani munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etdi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik so`zlarini etkazdi hamda jarohat olganlarning tez orada sog`ayib ketishini tiladi.
16 fevral kuni Pokistonning So`fiylar masjidida sodir etilgan dahshatli terakt 70 dan ortiq insonning hayotiga nuqta qo`ydi, ulardan 30 nafari bolalar, 150 kishi jabrlandi.