“E`tirof-2016” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi kinorejissyori” nominasiyasi sovrindori, taniqli rejissyor Rustam Sa`diev jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda “Baron” filmini Prezident Shavkat Mirziyoev tomosha qilgani va film haqida iliq fikrlar aytgani haqida gapirdi:
—Men uchun bu kutilmagan holat bo`lgan. Shu darajada tinimsiz ishlaydigan, band Yurtboshimizning vaqt topib, aynan bizning filmimizni ko`rganlari va kinoijodkorlar bilan davra suhbatida minnatdorchilik bildirganlari bu katta baxt! “Ko`rdim” degan so`zlarining o`zi katta baxt! Lekin “Film ijodkorlariga rahmat” deganlari biz uchun katta e`tirof! Davlatimiz rahbarining kinoga, san`atga bo`lgan mehri bo`lakcha. Ular “O`zbekfilm”ni kelib ko`rdilar va kino haqida yaxshi fikrlar berdilar. Hozirda mazkur bino yangi loyiha asosida ta`mirlanmoqda.
Avvalroq, “E`tirof-2016” taqdimot marosimida “Chet mamlakatlardagi eng yaxshi film aktyori” nominasiyasi sovrindori Farhod Maxmudov ham “Baron”ni Shavkat Mirziyoev tomosha qilganini eshitib, g`ururga to`lganini aytgan edi.
Eslatib o`tamiz, Rustam Sa`dievning “Baron” filmi “E`tirof-2016” taqdimot marosimida “Yilning eng yaxshi filmi” bo`ldi.