Rossiyaning Ekaterinburg shahrida metro relsiga yiqilib tushgan bolani begona erkak hayotini xavf ostiga qo`yib qutqardi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Bola metro relsiga yiqilgandan keyin uni qutqarish uchun yigirma soniya zarur bo`ldi. Bolani relsdan ko`tarib tepaga olib chiqqan erkakni kuzatuv kameralari qayd etgan.
Ikkinchi sinf o`quvchisi bo`lgan bolaning butun diqqat-e`tibori telefonda bo`lgani bois, platformaning chetiga borib qolganini anglamagan. Rels ustiga yiqilgan bola mustaqil ravishda o`rnidan turmoqchi bo`lganda, buni eplolmadi. Bolaning yiqilganini ko`rgan erkak zudlik bilan yordamga shoshildi, u relsga sakrab tushib, bolani yuqoriga uzatdi. Boshqa yo`lovchilar ham uning tepaga chiqishiga yordam berdi. Bola olgan tan jarohati tufayli kasalxonaga yotqizildi. Unga yordam bergan Anton ismli erkak bekatda turgan barcha yo`lovchilar qutqaruv ishlarida qatnashgani uchun o`zini qahramon deb hisoblamadi.
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...30.01.2023, 12:54
Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...02.12.2022, 09:10
Rossiya Bosh vaziri Mixail Mishustin ikki kunlik tashrif bilan O`zbekistonga keldi. Siyosatchini uning hamkasbi Abdulla Aripov kutib oldi. Bu haqda Rossiya Federasiyasi hukumati matbuot xizmati...