O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`zining ilk rasmiy tashrifini Qozog`istonga amalga oshiradi, deb yozadi RIA Novosti.
Bu haqda O`zbekiston Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Achilbay Ramatov xabar bergan.
“O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev o`zining ilk rasmiy tashrifini Qozog`istonga amalga oshiradi”, - deydi u Toshkentda bo`lib o`tgan o`zbek-qozoq hukumatlararo komissiyasining yig`ilishida.
Ramatov hukumatlararo komissiya yig`ilishi davlat rahbarining tashrifiga tayyorgarlik jarayonida muhim bosqich sanalishini qayd etdi. Yig`ilish vaqtida iqtisodiyotning turli yo`nalishlarida hamkorlik masalalari muhokama qilinmoqda.