1

​Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgan ayol muhokamalarga sabab bo`lmoqda(Video)

Jamiyat 25.02.2017, 11:12
Teglar: Video, YTH, Toshkent
​Toshkentda YPX xodimini haqorat qilgan ayol muhokamalarga sabab bo`lmoqda(Video)

O`zMTRKning “Toshkent” telekanalida efirga uzatiladigan “Poytaxt yo`llarida” ko`rsatuvida namoyish etilgan videolavha ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari tomonidan keng muhokama qilinmoqda.

Mazkur videoda mast holatda va tegishli hujjatlarsiz avtomobil boshqarayotgan haydovchini YPX xodimi to`xtatadi. Haydovchi YPX xodimiga qo`pol muomala qilib, unga ismini aytishdan bosh tortgan. Shunda Spark rusumli avtomobil ichida o`tirgan yo`lovchi ayollardan biri YPX xodimini haqorat qila boshlaydi. Ma`lum bo`lishicha, u YPX xodimining jetonini ham yulib olgan. Videoda ayol bu holatni inkor etayotgan bo`lsa-da, Ichki ishlar boshqarmasiga borganidan so`nggina YPX xodimining jetonini qaytarib bergan.

Mazkur videorolik Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhiga joylanganidan so`ng ko`plab muhokamalarga sabab bo`ldi. Internet foydalanuvchilari YPX xodimiga qo`pollik qilib, uni haqorat qilgan yo`lovchi ayolni qoralamoqda.


Sharhlar

Toshkentda o`rtacha oylik ish haqi 8 mln so`mdan oshdi

29.04.2024, 14:00

2024 yilning yanvar-mart oylarida nominal hisoblangan ish haqi o`rtacha 8 mln.ni tashkil etadi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi.  Ish haqining eng yuqori ko`rsatkichlari Toshkent...
Toshkentda ijara narxlari pasaydi(mi?)

22.04.2024, 15:52

Toshkent shahrida ijara narxlari pasayishda davom etmoqda. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti mutaxassislari ma`lum qildi. 2024 yil mart oyida fevralga nisbatan poytaxtda o`rtacha ta`mirlangan xonadonlar ijara...
Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1