AsosiyJamiyat

TINChLIK VA TARAQQIYoTGA TAHDIDLAR MUHOKAMA QILINDI

'TINChLIK VA TARAQQIYoTGA TAHDIDLAR MUHOKAMA QILINDI'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy muassasalaridan birida “diniy ekstremizm va fundamentalizm – tinchlik va taraqqiyotga tahdid” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy tadbir o`tkazildi.

Unda harbiy xizmatchilar, tegishli idora va tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbirda so`zga chiqqan O`zbekiston musulmonloari idorasining mas`ul xodimi Ilhomjon Ma`rupov, O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Davlat muzeyi direktori Musallim Nuriddinov, Toshkent shahar Mirzo Ulug`bek tumani Bo`z mahalla fuqarolar yig`ini raisining diniy-ma`rifat va ma`naviy axloqiy tarbiya masalalari bo`yicha maslahatchisi Mavluda Karimjonova, podpolkovnik Murodjon Vohidov va boshqalar bugungi kunda dunyo hamjamiyatini o`ylantirib turgan global muammolar, xususan terrorizm va ekstremizmning xavfli oqibatlari, aholi, ayniqsa yoshlarimizni bunday zararli oqimlar ta`siridan himoyalash haqida to`xtalib o`tdilar.

Darhaqiqat, bugun tevara-atrofda yuz berayotgan o`zgarishlar barchamizdan yanada ogohlik va sergaklikni, tinchlik va osoyishtalikning qadriga etishni talab etmoqda. Bugun dunyoning turli burchaklarida turli qurolli to`qnashuvlar, xunrezliklar uzluksiz davom etmoqda. Eng achinarlisi bunday ko`p hollarda ezgulik va bag`rikenglik dini bo`lmish islom niqobi ostida sodir etilmoqda.

Afsuski, din niqobi ortida qanchadan-qancha begunoh insonlar qoniga zomin bo`layotganlar orasida bizning vatandoshlarimiz ham uchrab turibdi. Birinchi navbatda dinimizning asl-mazmun mohiyatidan bexabarlik ularni ana shunday g`arazli oqimlar ta`siriga tushib qolishiga sabab bo`lmoqda.

Bugungi kunda harbiy xizmatchilar orasida ham hushyorlik va ogohlikni oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Xususan ularda turli axborot xurujlariga nisbatan sog`lom fikr va yondashuvni shakllantirish, diniy ekstermizm va terrorizm tahdidlariga qarshi immnitetni hosil qilishni vaziyatning o`zi taqozo etmoqda. Zero, milliy armiyamiz saflarida xizmat qilayotgan, hali katta hayotiy tajribaga ega bo`lmagan harbiy xizmatchilarning ongida mafkuraviy bo`shliq yuzaga kelmasligi lozim. Ushbu tadbir ham aynan shunday maqsadlarni ko`zlagan holda tashkil etildi.

Tadbir ishtirokchilari o`zldarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Boshqa yangiliklar