AsosiyJamiyat

​Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlariga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi

'​Diniy ekstremizm va terrorizm tahdidlariga bag`ishlangan tadbir o`tkazildi'ning rasmi

Toshkent shahridagi harbiy qismlardan birida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan O`zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda uchrashuv tashkil etildi.

“Diniy ekstremizm va terrorizmning ayanchli oqibatlaridan harbiy hizmatchilarni himoya qilish va ularda ushbu illatlarga qarshi immunitetni shakllantirish” mavzuida o`tkazilgan tadbirda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglik ta`minlanayotgani, inson qadr-qimmati ulug`lanayotgani qayd etildi. Ta`kidlandiki, bugun dunyoning turli davlatlarida kechayotgan murakkab jarayonlar, diniy ekstremizm va terrorizm xavfining kun sayin kuchayotgani barchamizni ogohlikka chorlaydi.

— Globallashuv davrida tinchlikni asrash, barqaror rivojlanishni ta`minlash insoniyat oldidagi eng muhim vazifalardan biridir, — deydi O`zbekiston musulmonlari idorasi mas`ul xodimi Ilhomjon Ma`rupov. — Boisi, tinchlik-osoyishtalik yo`q joyda farovon turmush, taraqqiyot haqida o`ylab ham bo`lmaydi. Ayni paytda xalqimiz bugunidan rozi bo`lgan holda, ertangi kunga dadil qadamlar bilan odimlamoqda. Bunda harbiy xizmatchilarning ham o`rni beqiyosdir.

Tadbir yakunida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o`zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob oldi.

Boshqa yangiliklar