Amerikaning Oregon shtatidagi hayvonlar saqlanadigan joyda yashovchi, egasiz, Pikasso laqabli it ijtimoiy tarmoqlarning yulduziga aylandi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.
G`ayrioddiy itga bag`ishlangan post Dogsofinstagram`ning Instagram-akkauntiga joylashtirildi. Profil ma`muriyati o`z foydalanuvchilaridan itni boqib olishni iltimos qildi. Egasiz Pikasso zaharlab o`ldirilmoqchi bo`lganda hayvonlarni saqlash joyi xodimlari tomonidan qutqarib qolingan. “Pikassoning tashqi qiyofasi kulgili ko`rinsa-da, u o`zini bardam va baxtli his qiladi”, deyishdi uni parvarish qilayotgan xodimlar.
Pikassoga bag`ishlangan post uch kunda 112 ming layk to`pladi va foydalanuvchilar 3,5 mingdan ortiq izoh qoldirishdi. U barcha ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining mehr-muhabbatiga sazovor bo`ldi.
Luvable Dog Rescue xodimining aytishicha, hozirda Pikasso veterinarlarning jarrohlik operasiyasini o`tkazish xulosasini kutmoqda. U ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishgandan keyin uni boqib olish istagida bo`lgan juda ko`plab odamlar murojaat qilgan. Ammo Pikasso jarrohlik operasiyasidan keyingina boqib olish uchun berilishi mumkin.