1 mart kuni taqdimot marosimi bo`lib o`tgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi haqida bir qator xorijiy ekspertlar o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Jumladan, EXHTning O`zbekistondagi loyihalari koordinatori Jon MakGregor markaz haqida quyidagi fikrlari bilan o`rtoqlashdi:
– Harakatlar strategiyasi markazining taqdimot marosimi so`zsiz juda taassurotlarga boy tarzda o`tmoqda.
Harakatlar strategiyasining o`zi ham chuqur o`ylangan, aniq maqsadlarni ko`zlovchi va dasturli hujjat. U o`zida jamiyatning barcha sohalarida keng qamrovli islohotlarni jamlagan. Islohotlar esa insonlar hayot darajasini yaxshilashga xizmat qilishi va o`zining boshqa salmoqli natijalarini berishi darkor. Strategiyaning har bir yo`nalishi alohida ahamiyatga ega. Shunday ekan biz bu hujjatni amalga tatbiq etilishida davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qilamiz.






