Kuni kecha “Taraqqiyot strategiyasi” markazi hamda Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assosiasiyasi bilan hamkorlikda davlat va jamiyat o`rtasida ko`prik vazifasini o`tovchi Media maydoncha tashkil qilingani haqida xabar bergandik.
Mazkur voqea yuzasidan mamlakatimizdagi diplomatik missiya vakillari o`z fikrlarini bildirishdi.
Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi Yuriy SAVChENKO:
– “Taraqqiyot strategiyasi” markazining tashkil etilishi bu davlat va aholining muhim dasturiy hujjatni amalga oshirishdagi ko`prik sanaladi. Shuningdek bu harakatlar strategiyasiga xalqning ta`siri rolini ham bajaradi. Shuningdek Markaz xalq orasidagi u yoki bu muammolarga davlatning e`tiborini qaratishda muhim vosita rolini ham o`ynaydi. – Markaz va media maydonchaning dizayni va texnik ta`minlanganlgi hech kimni befarq qoldirmaydi, bundan tashqari g`ururga ham to`ldiradi.
Belarus Respublikasining elchisi Nikolay KLAKEVICh:
– O`zbekiston rahbariyati tomonidan taraqqiyot strategiyasining 5 yo`nalishi huddi 5 ta notani eslatadi. Eng asosiysi – 1 nota – qonun va huquq ustuvorligi, 2 – fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, 3 – iqtisodiyotni liberallashtirish va h.z. Yangi media maydoncha bu har bir nota qanchalik o`z vazifasini to`g`ri bajarayotganini tekshirib ko`radigan joy sanaladi, sababi har bir xalq va har bir davlatning o`zining demokratiya taronasi bor. Ushbu maydoncha hukumat va xalqning mexanizmi sanaladi. Aynan xalq jamiyat va davlatni rivojlantiradi. Inson mehnat qilish huquqi borligini, ish joyi mavjudligini bilsa, agar inson – tadbirkor bo`lsa, huquqlari himoyalanganligini tushunsa taraqqiyot bo`ladi.
Falastin Davlati elchisi Muhammad TARShAXANI:
– Fursatdan foydalanib Media xoll muassislarini tabriklamoqchiman. Bu o`zbek xalqi hayoti uchun juda muhim hujjat, u mamlakatning kelgusi besh yillik taqdirini belgilaydi. Ushbu dasturni amalga oshishida omad tilamoqchiman, men bu hujjat tinchliksevar O`zbekiston siyosatining xavfsizligi va barqarorligida katta rol o`ynashiga ishonaman. Bu O`zbekiston siyosatining asosiy prinsiplaridan biri bu har qanday muammoni tinchlik yo`li bilan hal etish.
Indoneziya elchisi Alit SANTIKA:
–“Taraqqiyot strategiyasi” markazining tashkil etilishi bilan barchangizni muborakbod etaman. Markaz hukumat tomonidan amalga oshirilayotgan taraqqiyot strategiyasi haqida ma`lumotlarni tarqatishda juda muhim sanaladi. Jamiyatni rivojlantirish dasturida ishtirok etish jamoatchilik uchun ham juda muhim sanaladi. Prezident tomonidan yilga “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari” yili deb e`lon qilinishi ham juda oqilona qaror bo`ldi. Men bu qarorni juda qadrlayman, ushbu qaror o`z vaqtida qabul qilindi. Bu erda bo`layotgan narsalardan juda hayratdaman, ushbu markaz o`ziga yuklangan vazifaning uddasidan a`lo darajada chiqishiga ishonchim komil.






