1 mart kuni taqdimot marosimi bo`lib o`tgan “Taraqqiyot strategiyasi” markazi haqida bir qator xorijiy ekspertlar o`z fikrlarini bildirib o`tdi. Jumladan, O`zbekistondagi Britaniya Kengashining direktori Mark Krossi ham markazning tashkil etilishini ijobiy baholadi:
“Britaniya kengashi bugungi muhim tadbirda ishtirok etayotganidan mamnun va faxrlanadi. Ko`rinib turibdiki, mustaqil O`zbekiston tarixida hozir va bundan keyin ham bizning tashkilotimiz O`zEOAVMA bilan mustahkam hamkorlik qiladi.
Biz bu tashkilot bilan har doim aloqadamiz. O`ylashimizcha, bu tashkilot O`zbekiston jamoatchiligi, anyiqsa yoshlari uchun o`ta foydali bo`lgan tashabbuslarni ilgari surmoqda.
Men bugungi taqdimot marosimidan juda katta taassurotlar oldim. Bu O`zbekistonni yanada rivojlantirish uchun muzokaralar maydoni. Jamoatchilik uchun ham bu o`ta muhim jarayon. Prezident tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi va bu tashabbusning O`zEOAVMA tomonidan amaliyotga tatbiq etilishi o`zining ijobiy natijalarini beradi. Bu markaz albatta OAVning mamlakatda ilgari surilayotgan tashabbuslarning aholiga etkazishida o`zining ijobiy natijalarini beradi.






