AsosiyJamiyat

​Toshkentda mehmonxonani fohishaxonaga aylantirgan shaxslar qo`lga olindi

'​Toshkentda mehmonxonani fohishaxonaga aylantirgan shaxslar qo`lga olindi'ning rasmi

Anvar (ismlar o`zgartirildi) poytaxt¬dagi mehmonxonalardan birida ma`mur lavozimida ishlardi. Avvaliga bu erda katta miqdorda pul ishlab topish mumkinligini xayoliga ham keltirmagan edi. Qarangki, qalovini topsa qor ham yonarkan, qisqa vaqt ichida mo`maygina daromadga ega bo`ldi. Ammo harom yo`l bilan topilgan boylik kimga buyuribdi deysiz?

...Odatdagi kunlarning birida Anvar ishga otlandi. Ish joyiga etib kelgach, navbatchilikni qabul qilib oldi. Birin-ketin mehmonlar kela boshladi. Shu payt ko`zi olazarak bir kishi e`tiborini tortdi. Uning nima maqsadda kelganini tushunib, miyig`ida kuldi.

– Keling aka, xizmat? – deb so`radi u.

– Mehmonxonalaring ta`rifini eshitib, bir dam olib ketay, deb kelgandim, – dedi haligi kishi ma`noli qarab.

– To`g`ri topib kelibsiz, faqat...

– Buyog`idan xavotir olmang.

– Tushungan odamning sadag`asi ketsang arziydi. Pulini to`lab qo`ysangiz bas, hamma sharoitni muhayyo qilamiz...

Anvar 90 ming so`m evaziga xonalardan birining eshigini ochib, yo`lak boshida turgan ayollarga ishora qildi:

– Ularni o`zingiz rozi qilasiz.

Osongina daromad topishning hadisini olgan Anvar mehmonxonaga tashrif buyuradigan erkaklardan 90 ming so`mdan 120 ming so`mgacha pul undirib, ularga shahvoniy hirs¬larini qondirishlari uchun zarur sharoit yaratib berishni o`ziga kasb qilib oldi. Buning ustiga, suvday oqib kelayotgan pullar miqdorini oshirish uchun taksichilardan biri Nurali bilan hamkorlik o`rnatdi.

– Nurali, agar men ayt¬gan paytda mehmonxonaga fohishalarni topib, olib kelsangiz zo`r bo`lardi. Pulidan tashvish tortmang, rozi qilaman, – dedi Anvar.

“Lo`lining eshagini sug`orib pulini ol” maqolini o`ziga shior qilib olgan Nur¬aliga bu gap moyday yoqib tushdi. «Qaysi yo`l bilan bo`lsa ham pul topsam bo`ldi-da!» deb o`yladi.

Kunlarning birida Anvar ko`ngil¬ochar maskanlardan birining rahbari Odiljon degan kishi bilan tanishib qoldi. Suhbat jarayonida ularning hammaslak ekani ma`lum bo`ldi. Odiljon hamtovog`iga o`zi rahbarlik qilayotgan maskan kechki soat 18:00dan tungi 03:00ga qadar ishlashini, u erga asosan xorijliklar tashrif buyurishini, ularning mehmonxonada engiltabiatli ayollar bilan ko`ngilxushlik qilishi uchun sharoit yaratib bersa, chet el valyutasida pul to`lashini bildirdi. Bu gapdan Anvar qarmog`iga oltin baliq ilingan odamday xursand bo`lib ketdi.

Ko`p o`tmay Odiljonning harakati bilan ko`ngilochar maskan mijozlarini mehmonxonaga olib borish yo`lga qo`yilib, haydovchilar ta¬yinlandi. Shu tariqa uyushgan jinoiy guruhga asos solindi. Anvar har bir mehmonga ajratilgan xona uchun 50 dollardan, taksichilar esa 10 dollardan «xizmat haqi» oladigan bo`ldi.

Ko`za kunda emas, kunida sinadi. Tegishli idoralarga qilingan shikoyatdan ke¬yin maxsus tadbirda Anvar nav¬batchilik qilayotgan bir kechaning o`zida 32 nafar erkak va ayolga noqonuniy ravishda xonalar ajratgani ma`lum bo`ldi. Uning seyfidan tegishli tartibda mehmonxona g`aznasiga kirim qilinmagan 3 million 523 ming so`m va 500 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olindi. Uyushgan jinoiy guruhning barcha a`zolariga tegishli jazo tayinlandi.

Lola ShOIMOVA. Toshkent shahri.

Boshqa yangiliklar