AsosiyJamiyat
5698

​Namanganlik ayol va uning 2 farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga tushdi

'​Namanganlik ayol va uning 2 farzandi kuyish jarohati bilan shifoxonaga tushdi'ning rasmi

Namangan viloyatining To`raqo`rg`on tumanida yashovchi 1992 yilda tug`ilgan uy bekasi tungi paytda elektr chirog`ini yoqqanida isitish pechiga ulangan shlangdan sizib chiqqan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo`lgan. Natijada mazkur ayolning o`zi va birga yashovchi 2 yoshli qizalog`i va 4 yashar o`g`li kuyish jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilganlar. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

“Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun fuqarolarimiz yong`in xavfsizligi qoidalariga qat`y rioya qilishlari, nosoz isitish pechlaridan foydalanmasliklari lozim. Aks holda, yuqoridagiga kabi noxush holtlar sodir bo`lib, o`zlari va yaqinlarining hayoti va sog`lig`i xavf ostida qolishi mumkin”, deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar