AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga barpo etiladigan loyihalar bilan tanishdi

'​Shavkat Mirziyoev O`zbekistonning Birinchi Prezidenti xotirasiga barpo etiladigan loyihalar bilan tanishdi 'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev kuni kecha O`zbekistonning uchta shaharida Birinchi Prezident Islom Karimov haykalini o`rnatish hamda Samarqanddagi yodgorlik majmuasini qurish bo`yicha amalga oshiriladigan loyihalar bilan tanishdi. «O`zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida shu haqda so`z bordi.

«Muhtaram Pezidentimizning qabrlarini hali hamon har kuni yurtimizning har bir nuqtasidan kelib ziyorat qilishmoqda. Bu xalqimizning cheksiz muhabbatidan dalolat. Xalqimiz va xalqaro hamjamiyat Islom Karimov nomini Jorj Vashington, Sharl de Goll, Mustafo Kamol Otaturk singari davlat va siyosat arboblari qatoriga qo`yadi», — dedi Shavkat Mirziyoev.

Prezident Mustaqilligimizning 26 yilligiga Samarqanddagi Islom Karimov dafn etilgan joyda yodgorlik majmuasi bunyod etilishini ma`lum qildi. Mazkur majmuani barpo etilishida dunyoning mashhur Islom ulamolari etuk arxitektor va muhandislarning yordamidan foydalanilishi aytib o`tildi.

Islom Karimov uzoq yillar faoliyat olib borgan Oqsaroy qarorgohida uning nomidagi xayriya jamoat fondi va ilmiy-ma`rifiy yodgorlik majmuasi faoliyat ko`rsatadi. Qarorgoh qarshisidagi maydonga esa Islom Karimovning haykali o`rnatiladi.

Haykal yaqinida O`zbekistonning diqqatga sazovor maskanlari, jumladan Samarqanddagi Registon maydoni, Shahrisabzdagi Amir Temur maydoni, Toshkentdagi «O`zbekiston» Forumlar saroyi va boshqa ob`ektlar maketlari bog`i tashkil etiladi.

Samarqand markaziga ham birinchi Prezident haykali o`rnatiladi. Uning yaqinida muzey bunyod etilib, xiyobon atrofiga favvoralar va maysazorlar joylashtiriladi.

Islom Karimovning yana bir haykali Qashqadaryo viloyati rahbari sifatida ishlagan Qarshi shahrida bunyod etiladi.

Boshqa yangiliklar