O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Prezident Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6 mart kuni davlat tashrifi bilan Ashxobodga jo`nab ketdi.
Tashrif doirasida davlat rahbarlari O`zbekiston – Turkmaniston munosabatlariga doir keng ko`lamli masalalarni muhokama qiladilar, tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb muammolar yuzasidan fikr almashadilar, deb yozadi O`zA.
Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo`yicha davlat rahbarlarining Qo`shma bayonoti, Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma, shuningdek, turli sohalardagi o`zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.