1

​Andijonlik ayol 2 yoshli qizini 18 million so`mga sotmoqchi bo`ldi

Jamiyat 06.03.2017, 10:41
Teglar: Farzand, Ayol, Jinoyat
​Andijonlik ayol 2 yoshli qizini 18 million so`mga sotmoqchi bo`ldi

O`zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo`mitasi saytida Andijon viloyat bojxona boshqarmasi axborot xizmati inspektori Farxod Karimovning ikki yoshli qizini 18 millionga pullamoqchi bo`lgan andijonlik ayol haqidagi maqolasi chop etildi.

Ma`lumki olam va odam yaralibdiki borliqdan mexr istaydi. Mexr bu nima?! Mexr bu onaning allasimi yoki qo`shtirnoq ichidagi onalik baxtiga etishishga nomunosib ayol siymosidagi shaytonning vasvasasimi?!

Axir inson tug`iliboq kimni izlaydi?! Jajjigina tili so`zga borgach, bir laxza yonida bo`lmasa kimni axtarib so`roqlaydi?! Albatta, Onani!

Axir bir kaftida Ulug`beku Boburlarni yana bir kaftida dunyoni tebratguvchi ona emasmi? Xattoki xayvonlar xam jonini xatarga qo`yib bo`lsa-da o`z bolasini yovdan ximoyalaydi. Lekin ba`zi bir “ona”lar bor-ki, ularning oldida shu hayvon ham mehrliroq!

Mo``tabar nomga dog` tushirib, bugun farzandini, ertaga esa onasini, hattoki Vatanini xam sotishdan tap tortmaydigan kimsalardan biri xaqida quyida so`z yuritamiz.

2017 yil 27 fevral. Soat taxminan 10-30. Shahrixon tumanidagi Yangi bog` hududi. Ikki ayol nimanidir savdolashyapti. Ulardan biri tezkor tadbirga jalb qilingan yollanma “xaridor”.

- 20 million so`m bo`ladi, undan bir tiyin ham tushmayman!

- Singlim, menda uncha pul yo`q. Hozircha, karindosh-urug`lardan bir amallab 9 millionini yig`ib beray. Bolaning hujjatlari tayyor bo`lgach, yana 9 million. so`m beraman.

- 18 million bo`lsa bo`laqolsin! Mayli, hozir 9 millionini sanang!

Ha, bu ayollar bemalol go`yoki bir matohni savdolashayotgandek, aslida esa bir farzandning narxi ustida tortishishayotgan edi.

Sotuvchi esa ona! Buloqboshilik Gulchiroy (maqoladagi ism-shariflar o`zgartirilgan). 24 yoshni qarshilayotgan bu ayol hali tug`ilganiga endi 2-3 kun bo`lgan chaqaloqni emas, balki 2015 yilda tug`ilgan, o`zi oq sut berib katta qilayotgan shiringina qizalog`i - Qorako`zni pullayotgan edi.

Xaridor shaxsini tasdiqlovchi bironta ham hujjati bo`lmagan bu qizaloqni keyinchalik qo`shni davlatga olib chiqib, u erdagi qarindoshlariga berishlarini, tegishli hujjatlar ham aynan o`sha davlatda rasmiylashtirilishini shu bois farzandini umrbod ko`rolmasligiini ta`kidlaganida ham “onaizor” pinagini buzmaganiga nima deysiz?!

Andijon viloyati bojxona boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida Gulchiroy 9 mln. so`mni qurtdek sanab olayotgan paytida – jinoyat ustida qo`lga olindi.

Ayni paytda jinoyat qurboniga aylanib qolishdan saqlab qolingan Qorako`z viloyat mexribonlik uyiga belgilangan tartibda topshirildi va kerakli hujjatlar rasmiylashtirildi.

Uning onasiga nisbatan esa O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo`zg`atildi.

Shu o`rinda savol tug`iladi? Bir xonadonda qizaloq dunyoga kelsa-yu, unga tegishli bironta ham hujjatlar bo`lmasa? Mahalla raisi, faollari va profilaktika inspektori nahotki bundan bexabar bo`lishsa? Axir, aynan ular hududdagi har bir oilaning ahvolidan xabardor bo`lishi, kim nima bilan mashg`ul – hammasini bilishi lozim emasmi?

Hademay, Qorako`z voyaga etadi, aqlini taniydi. Ammo, o`shanda o`z jigargo`shasini sotmoqchi bo`lgan Gulchiroy uning ko`ziga qaray olarmikan?

Ha, endi u bir umrlik vijdon azobi bilan yashashga mahkum!

Eslatib o`tamiz, O`zbekiston Respublikasining “Tezkor-qidiruv faoliyati to`g`risida”gi Qonuniga muvofiq, respublikamiz hududida tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi davlat organlaridan biri sifatida Davlat bojxona qo`mitasi zimmasiga ham inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta`minlash, jinoyatlarning oldini olish, aniqlash, barham berish va ularni fosh etish, shuningdek jinoyatlarni tayyorlash va sodir etishga daxldor shaxslarni aniqlash hamda topish kabi bir qator vazifalar yuklatilgan.

Xususan, yuqoridagi qabih jinoyat odam savdosiga qarshi kurashish va uning oldini olish borasida davlat bojxona xizmati organlari tomonidan olib borilgan doimiy chora-tadbirlar samarasi o`laroq fosh etilgan.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Ayolni qotillikka boshlagan rashk: Yangiyo`llik juvon boshqa ayolga uylanmoqchi bo`lgan shar`iy nikohidagi erini o`ldirib qo`ydi...

23.08.2021, 16:08

Qishning qirovli kunlaridan eson-omon chiqib olgan Komiljon ota kenja farzandi Murodni (ism-shariflar o`zgartirilgan) uylash maqsadida to`y tayyorgarliklarini boshlab yubordi. Uzoq izlanishlardan so`ng qiz ham topildi. Biroq unashtiruv...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1