AsosiyJamiyat

​Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig`i bilan Tojikistonga 60 tonna insonparvalik yordami jo`natildi

'​Prezident Shavkat Mirziyoev topshirig`i bilan Tojikistonga 60 tonna insonparvalik yordami jo`natildi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev topshirig`iga muvofiq O`zbekiston hukumati Tojikiston Respublikasi tog`li hududlarida katta qor ko`chkilari oqibatida nafaqat iqtisodiy zarar etkazgan, balki insonlar halok bo`lishiga olib kelgan tabiiy ofatdan jabrlanganlarga insonparvarlik yordami ko`rsatish haqida qaror qildi.

Qo`shni mamlakat xalqiga yuborilayotgan insonparvarlik yordamining umumiy hajmi qariyb 60 tonnani tashkil etadi. Uning tarkibida oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmon va tibbiyot buyumlari, qurilish materiallari, ko`mir, issiq kiyim va birinchi ehtiyoj uchun zarur boshqa tovarlar bor.

O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligiga insonparvarlik yordamini shakllantirish, uni Tojikistonga etkazish va topshirish ishlarini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatildi.

O`zbekistonning Tojikistonga insonparvarlik yordami ko`rsatish to`g`risidagi qarori mamlakatlarimiz va xalqlarimiz o`rtasidagi do`stlik va o`zaro qo`llab-quvvatlash an`analarining yana bir amaliy ifodasidir.

Boshqa yangiliklar