Turkiya Statistika idorasi ma`lumotiga qaraganda, o`tgan 2016 yilda mazkur mamlakat chet ellardan 22 583 nafar kelin olgan. Bu haqda “Hilol.uz” ga asoslanib, “Daryo” xabar bermoqda.
Xorijlik kelinlarning eng ko`pi – 6495 nafari suriyalik. Buni Suriyaning Turkiya bilan qo`shni ekani, qolaversa, Turkiyada bir necha million suriyalik qochqin yashayotgani bilan izohlash mumkin, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Germaniyadan 2644, Ozarbayjondan 2170, Rossiyadan 1445, Ukrainadan 1097 nafar kelin kelgan.
O`zbekistondan esa 753 nafar ayol Turkiyaga kelin bo`ldi.
Chet ellik kelinlar ro`yxatining ilk o`ntaligida Qirg`iziston (638 nafar), Gruziya (595), Bolgariya (530) va Qozog`iston (487) fuqarolari ham bor.






