Jizzax shahrida faoliyat yuritayotgan “Begali Trans Servis” MChJ tomonidan “Jizzax Best Avto” MChJ bilan tuzilgan shartnoma orqali 30 ta “Sam Avto” MChJda ishlab chiqarilgan SAZ HC 40 rusumli avtobuslar olib kelinishi rejalashtirilgan edi. Bugungi kunda esa 10 ta SAZ NS 40 rusumli avtobuslar olib kelindi, deb xabar beradi Jizzax viloyati hokimligi rasmiy sayti.
Korxona ushbu avtobuslarni “Ipoteka bank” Jizzax filialining 3 mlrd.100 mln. so`mlik kredit mablag`lari evaziga xarid qildi
Ushbu avtobuslarni Jizzax aholisi uzog`ini yaqin qilish uchun shahar ichi yo`nalishlariga joylashtirdi. Buning natijasida yana 20 ta malakali haydovchi ish bilan ta`minlandi.