Xonanda Nilufar Usmonova to`rtinchi marta onalik baxtiga sazovor bo`ldi. Bu haqda xonandaning yaqin dugonasi Shahzoda o`zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma`lum qildi.
“Bugun sen malikaning onasi bo`lding. Go`zal qizaloq tug`ilgani bilan samimiy tabriklayman! Unga mustahkam sog`lik va baxtli hayot tilayman”,—deb yozdi Shahzoda.
Ma`lumot uchun, Nilufar Usmonova 4 mart, shanba kuni o`zining yangi “Arslonim” deb nomlangan albomi taqdimotini o`tkazgan edi. Unda xonanda tug`ilajak farzandiga ismni uning turmush o`rtog`i qo`yishini ma`lum qilgan edi.
Xonandaning Saida`zamxon, Ibrohimxon va Sulaymonxon ismli o`g`illari bor.