AsosiyJamiyat

​Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov Amudaryoda qurilgan temir yo`l ko`prigi ustidan o`tdilar

'​Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov Amudaryoda qurilgan temir yo`l ko`prigi ustidan o`tdilar'ning rasmi

Avval xabar qilinganidek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning taklifiga binoan 6-7 mart kunlari davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda bo`ldi.

Tashrifning ikkinchi kuni Prezidentlar Shavkat Mirziyoev va Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmanobod shahriga bordilar.

Ushbu shahar yaqinida Amudaryoda qurilgan Turkmanobod-Farab avtomobil va temir yo`l ko`priklarining tantanali ochilish marosimi bo`ldi, deb yozadi O`zA.

Avtomobil ko`prigining uzunligi 1600, temir yo`l ko`prigining uzunligi 1750 metr. Ularni qurishda turkmanistonlik va ukrainalik quruvchilar ishtirok etgan, Germaniya, Norvegiya texnologiyalaridan foydalanilgan.

Prezidentlar ko`priklar oldidagi maydonda tashkil etilgan o`zbek va turkman amaliy san`ati namunalari, hunarmandlik mahsulotlari ko`rgazmasini ko`zdan kechirdilar.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev mazkur ko`priklar xalqlarimiz do`stligining timsoli bo`lib, nafaqat Turkmaniston, balki butun mintaqa uchun geostrategik ahamiyatga ega ekanini qayd etdi. O`zbekistonda ham transport kommunikasiyalarini rivojlantirish bo`yicha ulkan ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, o`tgan yili qurilgan Angren – Pop temir yo`li Markaziy Osiyoni Xitoy bilan temir yo`l orqali bog`laganini alohida ta`kidladi. O`zbekiston va Turkmaniston temir yo`llari o`zaro integrasiyalashib, qayta tiklanayotgan Buyuk ipak yo`lining muhim bo`g`inini tashkil etadi, mintaqa rivoji va xalqlarimiz farovonligiga xizmat qiladi.

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston transport va tranzit sohalarini rivojlantirish bo`yicha tashabbuslarni ilgari surayotgani, ushbu ko`priklar bu boradagi sa`y-harakatlarning amaliy ifodasi ekanini ta`kidladi. Qurilish ishlarining sifati va ahamiyatini yuqori baholab, quruvchi va pudratchilarga minnatdorlik bildirdi.

Davlat rahbarlari poezdga o`tirib, ko`prikdan o`tdilar.

Boshqa yangiliklar