AsosiyJamiyat

​BMTning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari O`zbekiston Davlat dasturini yuqori baholadi

'​BMTning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari O`zbekiston Davlat dasturini yuqori baholadi 'ning rasmi

BMTning Inson huquqlari Kengashi bo`lmining 34-sessiyasi maydonida va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlarda O`zbekiston respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan birifing o`tkazildi.

Uchrashuvda bir qator yirik xalqaro tashkilot, diplomatik korpus, akademik va ekspert doiralari rahbarlari ishtirok etishdi. Brifingda O`zbekiston respublikasi inson huquqlari milliy markazi direktori Akmal Saidov ma`ruza qildi. Mamlakatimizning siyosiy, huquqiy va ijtimoiy-iqtisodiy sohalarida bosqichma-bosqich o`tkazilayotgan islohatlar haqida uchrashuv qatnashchilari batafsil ma`lumot berildi. Ishtirokchilarga O`zbekistonning inson huquqlari sohasida BMT muassasalari bilan hamkorligi tanishtirildi, deb yozadi UT nashri.

Mehmonlar O`zbekistonda 2017-2021 yillarda mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasining qabul qilinganini, uning asosini inson manfaatlarini, huquqlarini, erkinligini ta`minlash tashkil etishini o`ziga xos qiziqish bilan tinglashdi. Shuningdek “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ham taqdim etildi.

BMTning inson huquqlari bo`yicha oliy komissari boshqarmasi rahbariyati O`zbekistonda qabul qilingan xalq bilan muloqot va inson manfaatlarini himoya qilish Davlat dasturini yuqori baholadi. Mazkur sohada belgilangan vazifalarni amalga oshirishda, inson huquqlari va manfaatlarini himoya qilishda har tomonlama yordam berishga, hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Jenevadagi diplomatik doira prezidenti Robert Blum xalq farovonligini oshirish, fuqarolarni siyosiy, iqtisodiy, madaniy huquqlar bilan ta`minlash yo`lida mamlakatimizda o`tkazilayotgan islohatlar haqida ijobiy fikr bildirdi. Shu bilan birga u mustaqillik tufayli mamlakatimizda qonun ustivorligi asosida siyosiy tizimning barqarorlashganini ta`kidladi.

Xalqaro mehnat tashkilot vakillari O`zbekistonning ular bilan qilgan hamkorligi tufayli mehnat sohasida inson huquqlarini himoya qilish borasida sezilarli rivojlanishga erishilgani haqida fikr bildirishdi. 28 fevral kuni imzolangan mazkur Bitim 2017-2020 yillarda O`zbekistonda ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash uchun xizmat qilishi haqida gapirildi. Xalqaro mehnat tashkiloti vakillari joriy yilning iyun oyida o`tkaziladigan Xalqaro mehnat anjumanining 106 sessiyasida O`zbekiston delegasiyasini kutib qolishlarini bildirishdi.

Boshqa yangiliklar