1

​Toshkentda 9 sinf o`quvchisi 46 yoshli ayolning qotiliga aylandi

Jamiyat 09.03.2017, 16:51
Teglar: Jinoyat
​Toshkentda 9 sinf o`quvchisi 46 yoshli ayolning qotiliga aylandi

Joriy yilning 6 mart kuni Toshkent shahar Olmazor tumanida noma`lum shaxs Farobiy 17 berk ko`chasida yashagan, 1971 yilda tug`ilgan ayolning uyiga kirib, uni tanasining turli joylariga o`tkir tig`li jism bilan urib jarohat etkazib voqea joyidan yashiringan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Natijada jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan qo`shni ayolning uyiga yordam so`rab chiqib, shu erda joni uzilgan. Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97 moddasi 1 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv ishlari natijasida ushbu qotillik jinoyatini Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi, 2001 yilda tug`ilgan, 9 sinf o`quvchisi sodir etganligi aniqlanib, u qo`lga olingan.

Hozirda mazkur mudhish jinoyatning sabablarini aniqlash yuzasidan tezkor- tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Jizzaxda 39 yoshli erkak xotinini urib o`ldirdi (video)

07.09.2022, 12:07

Jizzaxda ayol o`z eri tomonidan o`ldirildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 2 sentyabr kuni Jizzax viloyati Zarbdor tumani Yangihayot...
Namanganda 21 yoshli yigitni qotiliga aylangan blogerga nisbatan qamoq jazosi tayinlandi

10.01.2022, 21:58

Namanganda 150 ming so`m evaziga Instagram sahifasidagi obunachilarini ko`paytirish ortidan ikki bloger o`rtasida kelib chiqqan kelishmovchilik qotillik bilan tugadi.Qayd etilishicha, hodisa Chust tumanida o`tgan yilning...
Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi

10.08.2021, 17:29

Termizda qidiruvdagi qochqin qo`lga olindi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB xabar berdi.Ma`lum bo`lishicha, Termiz tumani “Sh.Rashidov” mahallasida yashovchi fuqaro X.Ilhom 2021 yil 29 iyun kuni...
Yilning 6 oyida har 100 ming aholiga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan

10.08.2021, 16:44

2021 yil 6 oyida har 100 ming aholi soniga nisbatan 132 ta jinoyat to`g`ri kelgan. Bu haqda AOKAda o`tkazilayotgan  matbuot anjumanidan maxsus muxbirimiz Abdukarim Zaripov...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1