AsosiyJamiyat

​Videokameralar dastlabki bosqichda ikkita qoidabuzarlikni qayd etadi

'​Videokameralar dastlabki bosqichda ikkita qoidabuzarlikni qayd etadi'ning rasmi

Avvalroq Toshkentning 115 ta chorrahasiga videokameralar o`rnatilishi, ular yordamida 15 martdan e`tiboran qoidabuzarliklar qayd etilib, avtomobil egalarining uyiga avtomatlashtirilgan tizim yordamida jarima to`g`risida xat yuborilishi haqida xabar bergandik.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida hafta davomida Ichki ishlar va prokuratura organlari tomonidan olib borilgan ishlar yuzasidan o`tkazilgan matbuot brifingida dastlabki bosqichda videokameralar qoidabuzarlikning ikki holatini aniqlashi ma`lum qilindi.

Toshkent shahar Ichki ishlar boshqarmasi YHXBning “Kompyuter markazi” bo`limi boshlig`i podpolkovnik Shuhrat Muratovning bergan ma`lumotlarga ko`ra, bu ikki qoidabuzarlik haydovchining svetoforning qizil chirog`ida o`tishi va tezlikni oshirishidir.

Biroz fursat o`tib, ya`ni keyingi bosqichda qoidabuzarliklarning boshqa holatlari aniqlanishi ham yo`lga qo`yiladi.

Boshqa yangiliklar