AsosiyJamiyat

Qozog`iston Xavfsizlik kengashi kotibi Toshkentga keldi

'Qozog`iston Xavfsizlik kengashi kotibi Toshkentga keldi'ning rasmi

2017 yil 10 mart kuni Qozog`iston Respublikasi Prezidentining yordamchisi – Xavfsizlik kengashi kotibi V.Jumakanov boshchiligidagi delegasiya Toshkentda bo`ldi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.

Ikki davlat huquqni muhofaza qilish idoralari va davlat muassasalari rahbarlari ishtirokida o`tgan muzokaralar chog`ida barqarorlik va xavfsizlikka raxna soladigan zamonaviy tahdid va xatarlarga, diniy ekstremizm, terrorizm, noqonuniy migrasiya va boshqa xavflarga qarshi kurashish sohasida o`zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi.

Muzokaralar xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikning ko`plab masalalari bo`yicha ikki mamlakat pozisiyasi bir-biriga mos va o`xshash ekanini tasdiqladi.

Yuzaga keladigan zamonaviy tahdid va xavflarga birgalikda qarshi turish uchun o`zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga doir aniq takliflar ishlab chiqildi.

Ikki davlat ko`p qirrali munosabatlarni 2013 yilda imzolangan O`zbekiston Respublikasi va Qozog`iston Respublikasi o`rtasida Strategik sheriklik to`g`risidagi shartnoma ruhida yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Ikki mamlakatning xavfsizlik sohasidagi o`zaro hamkorligi butun Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlikni mustahkamlash va mintaqaning izchil rivojlanishida muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

V.Jumakanov tadbirni yuksak saviyada tashkil etgani va har ikki tomon uchun dolzarb masalalarni atroflicha muhokama qilish imkoniyati yaratilgani uchun O`zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Boshqa yangiliklar