AsosiyJamiyat
5915

​Toshkentda kartochkadagi pulni naqdlashtirib bermoqchi bo`lgan firibgar ayol fosh etildi

'​Toshkentda kartochkadagi pulni naqdlashtirib bermoqchi bo`lgan firibgar ayol fosh etildi'ning rasmi

Toshkent shahrining Bektemir tumanida noma`lum ayol “Qo`yliq” avtobuslar shoh bekatida Mirobod tumanida yashovchi 1993 yilda tug`ilgan ayolning plastik kartochkalaridagi pul mablag`larini naqdlashtirib berishni aytib, aldash yo`li bilan ishonchiga kirib hisobida 19 million va 42 million puli bo`lgan 2 dona plastik kartochkalarini olib, shundan 6 million so`mini naqdlashtirib berib, qolgan 55 million so`m pulini firibgarlik yo`li bilan olib ketgan, deb xabar beradi O`zbekiston Respublikasi IIV Matbuot xizmati.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168 moddasi 3 qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

Ichki ishlar xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari natijasida ushbu firibgarlik jinoyatinii Sirdaryo viloyati Xovos tumanida yashovchi, 1974 yilda tug`ilgan ayol sodir etganligi aniqlandi va ushlandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Shu o`rinda ta`kidlashni istardikki, fuqarolarimiz har qanday kishining gapiga ishonavermasdan, ‘Tekin pishloq faqat qopqonda bo`ladi’degan maqolning mag`zini chaqib, o`z pullari yoki mol-mulklarini birovga ishonib topshirishda sal hushyorroq bo`lganlarida, bu kabi firibgarliklarning oldi olingan bo`lardi”,—deyiladi xabarda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar