Mart oyining ilk haftasida Toshkent shahrida yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini aniqlash va ularning oldini olish maqsadida o`tkazilgan reydlar davomida 20911 ta qoidabuzarliklar aniqlandi va ularga nisbatan ma`muriy ta`sir choralari ko`rildi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasida profilaktika kuni munosabati bilan o`tkazilgan brifingda xabar berildi.
Shundan:
- 80 tasi mast holatda transport vositasini boshqarish,
- 1.451 tasi yo`l belgilariga rioya etmaslik,
- 6.533 ta qo`pol qoida buzarlik holati,
- 393 tasi svetoforning ta`qiqlovchi chirog`ida harakatlanish,
- 12.454 tasi boshqayo`l harakati qoidalarini buzish holatlarini tashkil etgan.
Yo`l harakati xavfsizligi qoidalarini buzish holatlarini oldini olish maqsadida, 23 ta transport vositalarini ta`mirlash ustaxonalari va avtoturargohlarda, 408 ta ta`lim muassasalari va mahallalarda yo`l harakati xavfsizligi qoidalari bo`yicha amaliy mashg`ulotlar o`tkazildi, targ`ibot-tashviqot ishlari olib borildi.