Qum bo`roni ko`tarilganidan foydalangan IShID jangarilari Deyr-ez-Zor aviabazasiga hujum uyushtirdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.
Suriya armiyasi Rossiya harbiylari ko`magida hujumni bartaraf qildi. Hujumda 6 nafar xudkush bola ham ishtirok etdi. Ular o`zini portlatishga ulgurmasdan yo`q qilindi. Jangarilar Deyr-ez-Zor aviabazasini qo`lga olishga harakat qildi. Ayni paytda Suriyaning sharqida joylashgan Aleppoda ham keng miqyosda Suriya armiyasining IShIDga qarshi kurashi ketmoqda. Suriya armiyasi butun boshli shahar va qishloqlarni jangarilardan ozod qilmoqda.






