AsosiyDunyo
3295

​Saudiya Arabistonida ilk ayollar kengashi ayollar ishtirokisiz o`tdi

'​Saudiya Arabistonida ilk ayollar kengashi ayollar ishtirokisiz o`tdi'ning rasmi

Ayollarning huquqlarini himoya qilish bo`yicha Kengashning ilk yig`ilishida 13 nafar erkak qatnashdi.

Bu haqda “Bi-Bi-Si” xabar berdi. Birlashmaning faoliyati boshlangani haqida erkaklar ma`lum qilishdi.

“Al-Qosim hududida biz erkaklar ayollarni o`zimizning opa-singillarimiz deb bilamiz – va biz ularga yangidan-yangi imkoniyatlar yaratishni o`z burchimiz deb hisoblaymiz”, - deydi Saudiya qiroli Feysal bin Mishal.

Ma`lum bo`lishicha, fotosessiya vaqtida ayollar boshqa xonada bo`lishgan va erkaklar bilan video orqali muloqot qilishgan.

Saudiya Arabistonida ayollarni mehnat bozorida sonini ko`paytirish dasturi amalda - ayni damda ularning faqat 22% ishlaydi. 2030 yilda Arabistonning 1\3 ayollarini ishga joylashtirish rejalashtirilgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar