AsosiyDunyo

​42 yoshli Oksana Chusovitina Kanadada xalqaro musobaqa kumush medalini qo`lga kiritdi (Foto)

'​42 yoshli Oksana Chusovitina Kanadada xalqaro musobaqa kumush medalini qo`lga kiritdi (Foto)'ning rasmi

Oksana Chusovitina sport gimnastikasi bo`yicha L’International Gymnix-2017 xalqaro musobaqasi sovrindori bo`ldi. 9−12 mart kunlari Kanadaning Monreal shahrida bo`lib o`tgan musobaqada o`zbekistonlik sportchi kumush medalni qo`lga kiritdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Etti karra Olimpiya o`yinlari ishtirokchisi tayanib sakrashda 14,475 natija qayd etgan holda ikkinchi bo`ldi. Kam farq — 14,500 bilan ustunlikka erishgan kanadalik Shellon Olsen oltin medalga sazovor bo`ldi. Yaponiyalik Xitomi Xatakeda (14,025) va kanadalik Bruklin Murs (13,225) bronza mukofotini qo`lga kiritdi.

16−19 mart kunlari Oksana Chusovitina ayollar va erkaklar sport gimnastikasi bo`yicha Bokuda (Ozarbayjon) o`tkaziladigan FIG turkumidagi Jahon kubogida ishtirok etadi.






Boshqa yangiliklar