AsosiyJamiyat

​Mirobod tumani prokuraturasi aralashuvi bilan 25 nafar tadbirkorning faoliyati tiklandi

'​Mirobod tumani prokuraturasi aralashuvi bilan 25 nafar tadbirkorning faoliyati tiklandi 'ning rasmi

10 mart kuni Mirobod tumani prokuraturasi tomonidan tuman hokimiyati binosida “Tadbirkorlik faoliyati – davlat himoyasida” mavzusida tadbirkorlik sub`ektlari hamda tuman prokurori o`rinbosari A.Po`latov, hokimning birinchi o`rinbosari A.Salaydinov, DSI boshig`i Z. Ahmedov, “Yagona darcha” markazi direktori D.Abidov va boshqa mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida muloqot uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Yig`ilishda mamlakatimizda tadbirkorlik sub`ektlarini qo`llab-quvvatlash, tadbirkorlarning huquq va manfaatlari himoyasini kuchaytirishga doir etarli normativ-huquqiy hujjatlar bazasi yaratilganligi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida keng qamroqli ishlar amalga oshirilayotganligi qayd qilindi, deya xabar beradi tuman prokurori o`rinbosari A.Po`latov.

Ta`kidlash lozimki, Mirobod tiumani prokuraturasi tomonidan doimiy asosda tadbirkorlik sub`ektlarining muammolarini ko`rib chiqish va hal etilishida ularga amaliy yordam berish choralari ko`rib borilmoqda. Jumladan, 2017 yilning 2 oyi mobaynida tuman prokuraturasi tomonidan 25 ta tadbirkorlik sub`ektlarining turli muammolarini hal etilishiga huquqiy va amaliy yordam ko`rsatilgan, 14 ta tadbirkorlik huquqlari tiklangan. 1 nafar tadbirkorga nisbatan sodir etilgan qonun buzilishi holati yuzasidan 2 nafar mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi.

25 ta tadbirkorning prokuratura aralashuvi bilan faoliyati tiklandi, 7 ta yangi tadbirkorlik sub`ekti yaratildi.

Yig`ilishda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini buzilishi tadbirkorlikni erkin rivojlantirisha sun`iy to`siqlar yaratish va ularning faoliyatiga aralashish holatlariga qat`iy barham berish zarurligi qayd etildi.

Yig`ilish natijasiga ko`ra, muammolar bilan murojaat etgan tadbirkorlar murojaatlarini ijobiy hal etilishini ta`minlash bo`yicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boshqa yangiliklar