AsosiyDunyo

​Oqqush o`zi yashaydigan ko`lda “shanbalik” o`tkazdi (Video)

'​Oqqush o`zi yashaydigan ko`lda “shanbalik” o`tkazdi (Video)'ning rasmi

Tataristonning Qozon shahridagi Quyi Kaban ko`lida yashovchi oqqush ko`lni tozalash maqsadida “shanbalik” o`tkazdi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Ijtimoiy tarmoqqa joylashtirilgan videorolikda oqqushning odamlar ko`lga tashlagan axlatlarni tumshug`i bilan terib, qirg`oqqa irg`itayotgani aks etgan. Uning bu harakatini yana bir oqqush va o`rdaklar qiziqish bilan tomosha qildi.

“Har yili 1 apreldan boshlab, ikki oylik sanitar kunlari bo`lib o`tadi. Yuqori, O`rta va Quyi Kaban ko`llari tozalash kunlarida eng muhim ob`ektlardan biri hisoblanadi. Ko`llar tozalanganda nafaqat ularning yuzasi, balki tagi ham tozalanadi. Ammo dam olishga kelgan odamlar tashlaydigan axlat tufayli u tezda ifloslanadi”, deb ma`lumot berdi Tatariston tabiatni muohafaza qilish va ekologiya vazirligi matbuot xizmati.

Mazkur videoni tomosha qilib, ba`zi bir hayvonlar odamlardan ko`ra aqlliroq ekanligiga tan bermaslikning iloji qolmaydi.


    Boshqa yangiliklar