AQShning Texas shtatidagi Navasota shahrida dahshatli fojia yuz berdi, deb xabar berdi “Tengrinews.kz” nashri.
19 yoshli kollej talabasi bo`lgan Fredzaniya Tompsonni poezd urib, halok bo`ldi. Model bo`lishni orzu qilgan qiz fotosessiya paytida temiryo`l relsida poezd urishi oqibatida halok bo`ldi. Voqea o`tgan hafta 10 mart kuni bo`lib o`tgan bo`lsa-da, bu haqda bugun ma`lum bo`ldi. Qiz temiryo`l kesishmasi ustida turib, fotosessiya qilgan, uni fotosuratchi suratga olgan. Dastlabki taxminlarga ko`ra, qiz yaqinlashib kelayotgan poezdni ko`rib, boshqa relsga o`tgan, ammo u mazkur yo`ldan ham poezd kelayotganiga e`tibor qaratmagan. Mashinist tormoz berishga ulgurmaganligi tufayli poezd qizni bosib ketgan, oqibatda u halok bo`lgan. Qizning 25 yoshli turmush o`rtog`i Darnell Chatman bir hafta ilgari uning homilador ekanligidan xabardor bo`lganini ma`lum qildi.











