2017 yilning 16 mart kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Evropa tiklanish va taraqqiyot bankining (ETTB) mamlakatimizga tashrif buyurgan nufuzli delegasiyasiga boshchilik qilayotgan ETTB Prezidenti Suma Chakrabarti bilan uchrashdi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston va bank o`rtasidagi to`laqonli, konstruktiv ruhdagi va o`zaro manfaatli hamkorlikni qayta tiklash nuqtai nazaridan munosabatlarni mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida 2017-2021 yillarda O`zbekistonni rivojlantirishning besh ustuvor yo`nalishi bo`yicha Harakatlar strategiyasi qoidalarini hamda mamlakatimizda keng ko`lamli islohotlar va chuqur o`zgarishlar amalga oshirishga yo`naltirilgan boshqa qarorlarni hayotga tatbiq etishda ETTB ishtirokidan tomonlar manfaatdor ekanligi ta`kidlandi.
10.05.2024, 15:14
Yig`ilishda kun tartibidagi ikkinchi masala – barcha joylarda “Sayxunobod” tajribasini jadallashtirish muhokama qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Bu borada boshlangan ishlar natijasida aprel...06.05.2024, 13:48
O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Bu haqda Statistika agentligi xabar berdi. O`zbekistonda oxirgi 3 oy ichida qancha avtobus ishlab chiqarilgani ochiqlandi. Mart...13.09.2023, 11:02
Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol o`tkazib...24.01.2023, 10:47
Avval xabar qilganimizdek, O`zbekiston va Qirg`iziston hamkorlikda 19 turdagi engil avtomobillar, jumladan mikroavtobus, pikap, sedan va boshqalarni ishlab chiqarishni rejalashtirgan. Qirg`izistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar narxi 13...