Toshkent shahridagi 115 ta chorrahalarga o`rnatilgan kameralar 15 martdan qoidabuzarliklarni qayd eta boshladi.
Bugun, 16 mart payshanba kuni Toshkent shahar IIBBda bo`lib o`tgan brifing paytida kuzatuv kameralari ishga tushirilgan birinchi kun yakunlari haqida hisobot berildi.
Unga ko`ra Toshkent chorrahalaridagi kameralar 16 martning soat 12:00 gacha bo`lgan vaqtida 10 mingdan ziyod qoidabuzarlikni qayd etdi.
Aniqlangan huquqbuzarlik to`g`risidagi hujjatlar «O`zbekiston pochtasi» aksiyadorlik jamiyati tomonidan transport vositasi egasining yashash manziliga yuboriladi. Haydovchi jarimani 60 kun ichida to`lashi shart.






