AsosiyJamiyat

​Almati va Toshkent o`rtasida tezyurar poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi

'​Almati va Toshkent o`rtasida tezyurar poezd qatnovi yo`lga qo`yiladi'ning rasmi

Almati-Toshkent shahri o`rtasida "Tұlpar-Talgo" tezyurar poezdi qatnovi yo`lga qo`yiladi, deb xabar berdi Tengrinews.kz nashri.

Ikki mamlakat temiryo`l kompaniyasi imkoniyati cheklangan odamlarga, ularga hamrohlik qiluvchilarga 70 foiz chegirma qilishga kelishishdi. Yuk bagaji, poezdning muntazam qatnashi kabi muhim masalalar muhokama etildi

“Eslatib o`tamiz, Navro`z bayrami arafasida "Tұlpar-Talgo" vagonlaridan tashkil topgan, keng kuzovli yangi modifikasiyadagi Almati-Toshkent tezyurar xalqaro№1/2 yo`lovchi tashish poezdi o`z faoliyatini boshlaydi. Poezd Almatidan dushanba va shanba kunlari, Toshkentdan esa seshanba va yakshanba kunlari yo`lga chiqadi. Yo`l yurish vaqti 16 soatu 30 daqiqani tashkil etadi. To`xtash bekatlari: Otar, Chu, Taraz, Chimkent, Sariog`ach va Toshkent shahridir", - deb xabar berdi kompaniya.

Boshqa yangiliklar