1

​Anvar Sanaev tomoshabin qayta-qayta tomosha qilishni diliga tugadian klip yaratmoqda (Foto)

Shou-biznes 17.03.2017, 10:16
Teglar: Xonanda, Klip
​Anvar Sanaev tomoshabin qayta-qayta tomosha qilishni diliga tugadian klip yaratmoqda (Foto)

“Muhabbat kuychisi” e`tirofi bilan hamisha muxlislar qalbida e`zozli bo`lgan xonanda Anvar Sanaev Telekanallarida kun ora ko`rinish bermasa-da, ijodiy yangiliklar bilan band. Ayni kunlarda u “Yig`la, yig`la sevgilim” nomli mahzun taronaga klip suratga olish bilan band. Fursatdan foydalanib, suratga olish ishlari bilan band bo`lgan xonandani suxbatga chorladik.

- Negadir juda kam klip suratga olasiz?

- Klip mukammal bo`lishini, ayniqsa, o`ziga xos syujetga ega bo`lishini istayman. Ijodkor sifatida biroz injiqman! Shu bois, bir g`oyani obdon pishitib undan keyin tasvirga olish ishlarini boshlaymiz.

- “Yig`la, yig`la sevgilim”! Qo`shiq nomidan ayriliq mavzusida ekanligini sezilmoqda. Qo`shiq mualliflari haqida to`xtalib o`tsangiz?

- Qo`shiq she`ri o`zimning qalamimga mansub. Shoirlikka dav`oyim yo`q-ku, ammo ba`zan qog`oz ham qoralab turaman. Musiqasi Sanjar Sanaev, klipni esa shogirdim Botir Mo`minov suratga olmoqda.

- Ijtimoiy tarmoqlarni kuzata turib, klip bir necha kundan buyon suratga olinayotganligini payqadik. Nima uchun suratga olish ishlari bunchalik cho`zilib ketayapti?

- To`g`ri, klip bir haftadan buyon suratga olinayapti. Bu ob-havo, ijodkorlarning vaqti bilan bog`liq. Ammo kechikish meni tashvishga solmaydi. Klip bir kun kech yaralsa-da, muxlislarga manzur keladigan, bir ko`rganda, qayta tomosha qilishni diliga tugadian klip bo`lsin.

- Klipda taniqli aktyorlar jamoasi bilan birga yosh debyutantlar ham ishtirok etayapti chog`i?

- Oldindan barcha sirlarni oshkor etsam, qizig`i qolmaydi (kulib). Shuni aytolamanki, klipda Sohib Abbosxon, Mehriddin Rahmatov, Shahnoza Rajabova, Botir Mo`minov kabi iste`dodli aktyorlar, o`g`lim Sodiqjon va Dilshod Rahmonovning to`ng`ich farzandi Umidjon Rahmonov kabi debyutatlar ishtirok etishmoqda. Nasib qilsa, yangi ijodiy mahsulimiz bayramga munosib sovg`a bo`ladi.









Sharhlar

Mashhur xonanda 61 yoshida vafot etdi

10.12.2019, 20:06

 Taniqli shved guruhi — «Roxette» solisti Mari Fredriksson 61 yoshida vafot etdi. Bu haqda Shvesiya OAVlariga asoslanib xabar berildi.Dagens Nyheter nashrining yozishicha, xonanda uzoq yillar davomida saraton xastaligiga...
​ FARRUH ZOKIROVDAN TANQID EShITGAN VA TOHIR SODIQOV DUET KUYLAShDAN BOSh TORTGAN UMIDAXON

11.08.2017, 16:04

"Darakchi" gazetasidagi "10 qaltis savol" loyihasining galdagi mehmoni professionalmusiqiy bilimga ega xonanda UMIDAXON... 1 — “Umr o`tar”, “Yulduzimsan”, “Sendadur ko`nglim” va “Yo`limdan qoch”, “Serial”, “Safsata”...
​OZODBEK NAZARBEKOV MADANIYaT VAZIRLIGIDAGI BIRINChI ISh KUNI QANDAY O`TGANINI SO`ZLAB BERDI

11.08.2017, 13:51

O`zbekiston va Qoraqalpog`iston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov jurnalist Jasur Hamroev bilan suhbatda madaniyat vaziriningbirinchi o`rinbosari sifatidagibirinchi ish kuni qanday o`tgani hamda endilikda ijodini davom ettirishi...
​VIA "MAROQAND"ChI ABDURAShID UYLANDI(FOTO)

08.08.2017, 10:55

7 avgust kuni o`zbek shou-biznesining ikki vakili oila qurdi. Poytaxtdagi "Osiyo grand" restoranida Shohruhxonning ukasi, aktyor Muhammadali va Irodaxonning visol oqshomi bo`lib o`tdi. Shu kuni...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1