Xitoyning Puyan uezdidagi boshlang`ich maktablardan birida devor qulab, o`quvchilar orasida vahima uyg`otdi va tiqilinch, ur-yiqit yuzaga kelib, ikki nafar o`quvchi halok bo`ldi, deb xabar berdi Ntv.ru nashri.
Tiqilinch oqibatida 2 nafar o`quvchi halok bo`ldi va 20 nafar bola yaralandi.
Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, bolalarning o`limiga hojatxonaga kirish joyidagi devorning qulashi oqibatida yuzaga kelgan tiqilinch sabab bo`lgan. O`quvchilardan biri tez yordam mashinasida, ikkinchisi esa kasalxonada vafot etdi. Mahalliy hukumat voqea sabablarini o`rganish uchun maxsus guruh tuzdi.






