AsosiyJamiyat
5174

​O`zbekistonda jarrohlik angionevrologiya markazi tashkil etiladi

'​O`zbekistonda jarrohlik angionevrologiya markazi tashkil etiladi'ning rasmi

Toshkent tibbiyot akademiyasining 2-klinikasidagi angionevrologiya bo`limi negizida Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazi tashkil etiladi. Bu haqda Bosh vazirning qarori imzolandi.

Respublika jarrohlik angionevrologiya ixtisoslashtirilgan markazida miya qon-tomir etishmovchiligi kasalliklarini davolashning zamonaviy usullari joriy etiladi.

Mazkur tibbiyot muassasasi angionevrologiya sohasida muvofiqlashtiruvchi markaz bo`ladi. Bu erda uyqu va yurak-qon tomirlari arteriyalari shikastlangan bemorlar davolanadi.

Markaz malakali angionevrolog mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlarini muvofiqlashtirish, hududiy tibbiyot muassasalarida mahorat darslari hamda ko`rgazmali operasiyalar, ta`lim beruvchi ma`ruzalar va seminarlar tashkil etish bilan ham shug`ullanadi.

Tibbiyot muassasi surunkali miya qon-tomir etishmovchiligi kasalligiga chalinish bilan bog`liq holatlarni doimiy ravishda tahlil qilib, O`zbekistonda insult kasalligi milliy registrini shakllantiradi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar