1

​O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga jo`nab ketdi

Jamiyat 22.03.2017, 15:35
Teglar: O`zbekiston, Qozog`iston, Shavkat Mirziyoev, Prezident
​O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`istonga jo`nab ketdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qozog`iston Respublikasi Prezidenti Nursulton Nazarboevning taklifiga binoan 22 mart kuni davlat tashrifi bilan Ostona shahriga jo`nab ketdi, deya xabar beradi O`zA.

Avval xabar qilinganidek, oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralarda O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, investisiyaviy, transport-kommunikasiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi, mintaqaviy va xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashiladi.

Tashrif doirasida Ostona shahrida O`zbekiston Milliy sanoat ko`rgazmasi, ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining nufuzli delegasiyalari ishtirokida biznes-forum o`tkazilishi ham ko`zda tutilgan.

Muzokaralar yakunlari bo`yicha davlatlararo, hukumatlararo va idoralararo qator muhim hujjatlar, O`zbekiston – Qozog`iston hamkorligini sifat jihatidan yangi bosqichga ko`tarishga qaratilgan salmoqli shartnomalar imzolanishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Prezidentning Tojikistonga tashrifi ikki tomonlama munosabatlar tarixida yangi sahifa ochdi

19.04.2024, 18:05

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Tojikistonga davlat tashrifi doirasidagi tadbirlar yakuniga etdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi. Kuni kecha O`zbekiston rahbari Prezident Emomali Rahmon...
O`zbekiston va Tojikiston o`rtasidagi munosabatlarda yangi tarixiy davr boshlanmoqda

19.04.2024, 14:58

Dushanbega davlat tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 19 aprel kuni Tojikiston Respublikasi Bosh vaziri Qohir Rasulzodani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati...
Qozog`istondan 120 dan ortiq xorijlik chiqarib yuborildi

18.03.2024, 12:51

Qozog`istondan 120 dan ortiq noqonuniy muhojir chiqarib yuborildi, deb xabar berdi Polisia.kz.“Migrant” tadbiri davomida huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kun davomida 10 mingdan ortiq migrasiya qonunchiligi...
O`zbekiston Eronni mag`lub etib, Osiyo kubogiga yo`llanmani qo`lga kiritdi (video)

13.09.2023, 11:02

Osiyo kubogi uchun saralash o`yinlari yakunlandi, deya xabar bermoqda "darakchi.uz" muxbiri. Ma`lum bo`lishicha, so`nggi 6 o`yinda raqiblari darvozasiga 25 ta gol kiritib, 3 ta gol  o`tkazib...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1