O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 23 mart kuni Ostona shahrida “Vatan himoyachilari” monumentiga gul qo`ydi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
Tinchlik, ozodlik yo`lida jon fido qilgan vatanparvar insonlar xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Shavkat Mirziyoev Qozog`iston poytaxtidagi Davlat rahbarlari xiyoboniga ko`chat o`tqazdi. Bu erda Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ekkan daraxt baravj o`smoqda.