O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Qozog`iston Respublikasiga davlat tashrifi davom etmoqda.
Bugun, 23 mart, kunning ikkinchi yarmida Shavkat Mirziyoev Nursulton Nazarboev hamrohligida “Ostona opera” Davlat opera va balet teatriga tashrif buyurdi.
Qozog`iston Prezidenti tashabbusi bilan qurilgan ushbu teatr 2013 yilda foydalanishga topshirilgan. Tomosha zali 1250 kishiga mo`ljallangan. Qozog`istonning ko`plab madaniy tadbirlari mazkur teatrda o`tkaziladi.
Oliy martabali mehmon teatr bilan tanishtirildi.
Prezidentlar bu erda “Qiz Jibek” operasini tomosha qildi.