Indoneziyalik fermerlar sement zavodi qurilishiga qarshi ekanliklarini oyoqlarini sementlash orqali namoyish etishdi, deb xabar berdi Tjournal.ru nashri.
Jakarta shahrida bir necha kun davom etgan norozilik namoyishida ellikka yaqin fermer oyoqlarini sementladi. Ular o`zlarining mazkur harakati orqali Markaziy Yava viloyatida qurilishi rejalashtirilgan sement zavodining barpo etilishidan noroziliklarini bildirishdi. Ularning fikricha, mazkur zavod qurilishi suvni zaharlab, tog`li qishloq aholisi uchun bir qancha muammolarni yuzaga keltiradi.
Zavod egasining ishchi o`rinlari yaratib berish, hudud iqtisodiyotini ko`tarish haqidagi va`dalari ham ularni to`xtata olmadi. Namoyishning ilk ishtirokchilari mart oyining boshida oyog`ini sementlagan bo`lsa, asta-sekinlik bilan ularning soni ortib bormoqda.
Mart oyining ikkinchi yarmida norozilik namoyishining faollaridan biri yurak xurujidan vafot etdi. Uning o`rnini ismi-sharifi, tug`ilgan sanasi bitilgan taxtacha egalladi. Namoyish ishtirokchilari esa ularni hammaslaklarining o`limi ham to`xtata olmasligini ma`lum qildi.












