AsosiyJamiyat

​Toshkentda 183 nafar piyoda yo`l qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi

'​Toshkentda 183 nafar piyoda yo`l qoidasini buzganligi uchun jarimaga tortildi'ning rasmi

2017 yilning yanvar-fevral oylarida Toshkentda yo`l qoidasiga rioya qilmagan 183 nafar piyoda jarimaga tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB tomonidan jurnalistlar uchun tashkil etilgan brifingda ma`lumot berildi.

Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 138-moddasiga asosan piyoda tomonidan yo`l qoidalariga rioya qilmaslik eng kam ish haqining uchdan bir qismi miqdorida jarima solishga sabab bo`ladi.

Avvalroq, 15 martdan e`tiboran ishga tushgan yo`llardagi kuzatuv kameralari tomonidan bir haftada 29 mingta qoidabuzarlik aniqlangani haqida xabar bergandik.

Boshqa yangiliklar