AsosiyJamiyat

​Toshkentda bir haftada 19 ta jinoyat fosh etilib, 33 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi

'​Toshkentda bir haftada 19 ta jinoyat fosh etilib, 33 nafar qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi sohaviy xizmatlari tomonidan 2017 yilning 17 dan 23 mart kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar to`g`risida hisobot berildi.

Shuningdek, har bir sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlik muqarrarligini ta`minlash maqsadida, oy boshidan 90 ta, hafta davomida 19 ta fosh etilmagan jinoyatlar fosh etildi.

Fosh etilgan jinoyatlar

1 ta – qotillik,

2 ta – bosqinchilik,

1 ta – talonchilik,

1 ta – og`ir tan jarohati etkazish,

8 ta – o`g`irlik,

5 ta – firibgarlik

1 ta – ma`muriy qoidani buzish jinoyatlarini tashkil etgan.

Ma`lum qilinishicha, mart oyi boshidan 145 nafar, hafta davomida esa 33 nafar – qidiruvda bo`lgan jinoyatchilar ushlanib, javobgarlik muqarrarligini ta`minlandi.

Boshqa yangiliklar