O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya Birlashgan Qirolligi Bosh vaziri Tereza Meyga London shahrida sodir etilgan terrorchilik xuruji oqibatida insonlar nobud bo`lgani munosabati bilan samimiy ta`ziya izhor etdi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamdardlik va dalda so`zlarini etkazdi hamda barcha jarohat olganlarning tez orada sog`ayishini tiladi.